Sahifa yuklanmoqda . . .
Un - Asarlar - un so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Taqdirga tan kerak-ku, ammo, Gohida o‘zimga sig‘mayman. Ko‘nglimda bir tugun muammo – Ko‘nglingda nima bor – bilmayman. Bilaman kipriging har birin, Chizaman ko‘zlaring tasvirin. Vujuding qo‘ynimda, asirim, Ko‘nglingda nima bor – bilmayman.
Istaysizmi-yo‘qmi, gardun aylana, Istaysizmi-yo‘qmi, qaytib kelaman. Sog‘inmagan ko‘zingizdan aylanay, Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman. Oy botadi – yulduzlarning habibi, Tong otadi, ta’nasi yo‘q samimiy. Tabiatning qonunidek tabiiy – Istaysizmi-yo‘qmi, sizni sevaman. ...
Bir sahroyi ayolning O'g'ilchasi sho'x ekan. Undan zarar ko'rmagan Biror kuni yo'q ekan. Qozondagi taomin Tepib qochib ketarkan. Meshidagi suvini Sepib qochib ketarkan...
Bolani qarg'amang, Duo qiling bolani. "It", "Eshak" deb so'kishga, Hayo qiling, bolani. Rosululloh derdilar, Yuzlaridan yog'ib nur: "Bolalar bu - jannatning Gul-u rayhonlaridir"...
Kuyov bolam, o'z bolam, Mani qorako'z bolam, Dilimda bir so'z, bolam, Qizim yomon - siz yaxshi. Erka bolam, arslonim, Oyim turgan osmonim, Qo'lingizdadur jonim, Qizim yomon - siz yaxshi...
Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin. O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi. O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...
Quyilmadi hech erim, Ichim to'la o'kinish. Ellik yoshdan oshsa ham, Araq, ishrat, so'kinish. Shunday bezor bo'ldimki, Zirillardim kelsa ham. Xafa bo'lmasdim, agar Javobimni bersa ham...
Tokay pastlar xizmatin etasan bajo, Har yemishga pashshadek qilma jon fido. Bir nonni ikki kun ye – tortma hech minnat, O’zga nonidan o’z dil qoning ko’p avlo.
Mensiz qalam surmish qazo-vu qadar, Mendan nechun yaxshi-yomonim so’rar? Kecha mensiz o’tdi, o’tar bugun ham, Tong-la kun nima deb qilur javobgar?
Bir non topib agar yesang ikki kun, Siniq ko’zang bo’lsa suv ichmak uchun, O’zingdan pastlarga yollanmoq nega? O’zingdek xizmatin qilmoqlik nechun?
Xoliq – kechiruvchi, rahmli, rahmon, Isyon-u gunohdan bo’lmagil giryon. Bugun mast-u xarob uyquga kirsang, Erta afv etilur chirik ustixon.
Bozorda bir kulol ko’rsatib hunar, Bir bo’lak xom loyni tepib pishitar. Loy ingrab aytadi: “Hoy, sekinroq tep, Men ham kulol edim sendek, birodar”.
O’rdak baliqqa der: “Oqib ketgan ob Qaytib ariq yana bo’lurmi, ko’lob?” Ul deydi: “Men-u sen bo’lurmiz kabob, So’ng ne foyda, dunyo daryomi, sarob?”
Gul bag’rini nasim tildi – to’kildi, Saboga hikoyat qildi – to’kildi. Falak ishiga boq: bir haftada gul Chiqdi, g’unchaladi, kuldi, to’kildi.
Misoli bir oltin ko’za bu dunyo, Suvi goho shirin, achchiqdir goho. Shuncha umrim bor deb kerilma aslo, Egarloqdir ajal oti doimo.
O’z istaging bilan yashaysan bir dam, Shod o’tkaz qilsalar ham senga sitam. Jononlar bilan bo’l, tanang asosi Shamol-u tuprog’-u uchqun ila nam.
Haqiqat niholin o’stirmas gardun, Xohi befarq bo’lgil, xohi ko’p kuyun. Falak aylanishi o’zgarmas jindek, Bugunni kecha bil, ertani bugun.
Xayyom, gunohim deb motam nechun, xo’sh? Foydasiz ko’pmi-oz bu g’am nechun, xo’sh? Gunohni kechishga karami bor-ku, Hech gunoh bo’lmasa, karam nechun, xo’sh?
Masjid-u butxona, Ka’bada yohu, Jannatdan umid-u do’zaxdan qo’rquv, Faqat dunyo sirin anglagan qalbdan Abadiy quvilmish bu tashvish, qayg’u.
Bu kajraftor osmon qilmishi nosog’, Qilgani bormi hech kimsa dilin chog’? Dunyoda kimniki ko’rma, dog’ dili, Falak esa qo’yar dog’ ustiga dog’.
Tushunsang-chi, umri aziz o’tmakda, Ko’rsang-chi, u nechuk o’ksiz o’tmakda, Bir nafas ham aysh-u ishrat ko’rmayin, Ming hayf ila umr, esiz, o’tmakda.
Ketishdan qo’rqmaymen men bu dunyoda, Chunki u dunyoda umrim ziyoda, Vaqti yetgach, tanda omonat jonni Topshirayin – shunday bo’lgach iroda.
Sabab sahrosida kimki sargardon, Ishlarin uningsiz yuritar Yazdon, Bu kun bir bahona o’rtaga tashlab, Erta bajo bo’lur taqdiri osmon.
Falak arg’umog’in egarlagan kun, Yasatilganida Mushtariy, Parvin, Nasibamizni ham bitgandi qazo, Qismatimiz o’sha – bo’lma jigarxun.