Sahifa yuklanmoqda . . .

Tugun - Asarlar

Tugun - Asarlar - tugun so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

O‘rdadagi ko‘prik ustida Kuzak bilan keldim ro‘baro‘. Qarab qoldim uning yuziga, Yuragimda ming og‘riq, ming o‘y.

23
She'r
Usmon Azim

Taqdirga tan kerak-ku, ammo, Gohida o‘zimga sig‘mayman. Ko‘nglimda bir tugun muammo – Ko‘nglingda nima bor – bilmayman. Bilaman kipriging har birin, Chizaman ko‘zlaring tasvirin. Vujuding qo‘ynimda, asirim, Ko‘nglingda nima bor – bilmayman.

112
She'r
Iqbol Mirzo

Menga “maqtov”lardan toshlar otgan do’st, Quvonsam, ko’ziga parda tortgan do’st, Barcha gunohini menga ortgan do’st, Shu kichik yelkamga olam sig’adi. Kulgusi jonimga tumor taqqan yor, Xayoli yodimga nurday oqqan yor, Mendan boshqa hamma qizlar yoqqan yor, Hijron armonlardan ertak yig’adi. Bobo, bu dunyoda yaxshi kam ekan, Yaxshining ko’rgani mudom g’am ekan, Eng yorug’ najotlar O’zda jam ekan, Bu sovuq kunlardan ko’nglim sinadi...

15
She'r
Saodat Fayziyeva

Bo‘ri bilan tulki ikkovi do‘st tutingan ekan. Bir kuni tulki bo‘rining oldiga kelibdi, bo‘ri juda ochiqib turgan ekan, tulkiga qarab: — E, do‘stim tulki, yaxshi kelding, qani yur, meni biror joyga olib bor va qornimni to‘yg‘azib, xursand qilib kelgin, — debdi. Tulki «xo‘p» debdi-yu, oldinga tushib, ketidan bo‘rini ergashtirib ketaveribdi...

667
Hayvonlar haqidagi ertak
Xalq og'zaki ijodi

Turobjon eshikdan hovliqib kirar ekan, qalami yaktagining yengi zulfinga ilinib tirsakkacha yirtildi. Uning shashti qaytdi. Jo‘xori tuyayotgan xotini uning qo‘lidagi tugunchani ko‘rib, kelisopni kelining ustiga qo‘ya chopdi. Keli lapanglab ag‘anadi, chala tuyilgan jo‘xori yerga to‘kildi. Turobjon tugunchani orqasiga bekitib, tegishdi: – Akajon, degin! – Akajon! Jo-on aka!.. – Nima berasan? – Umrimning yarmini beraman!.. Turobjon tugunchani berdi. Xotini shu yerning o‘zida,

310
Realistik hikoya
Abdulla Qahhor