Sahifa yuklanmoqda . . .

Tin - Asarlar

Tin - Asarlar - tin so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

U — osmondan tushgan dahriy qush — Yoqib yuksak hayotlarini, Odamlarga in’om qilar xush — Yulduz hidli qanotlarini...

48
She'r
Usmon Azim

Chopqir-chopqir yellarga Havas qilgandim, ammo Toshga oyoq qo‘ysam ham Tizgacha botib ketdim.

13
She'r
Usmon Azim

Olis yurtning begona isi Sohillarni ko‘mdi nogahon. Tund bo‘lsa ham dengizning yuzi Kema qaytdi safardan omon.

24
She'r
Usmon Azim

Chavandoz uloqdan qaytdi piyoda, - Ranglaringiz bir ol, ayting, ne bo‘ldi? - Onasi, dardimni qilma ziyoda, Onasi, otginam... otginam o‘ldi...

20
She'r
Usmon Azim

Men shunday yaraldim: Sumbatim egri, Gullarim qalblarga solmas hayajon. Mevamga hech kimning tushmagan mehri, Bargim — chumoliga bo‘lmas soyabon.

29
She'r
Usmon Azim

Bahor kechki ovqatdan so‘ng idish-tovoqlarni yig‘ib oshxonaga keltirdi-da, ularni yuvishga tutingan joyida qo‘li ishga bormadi. Ko‘ngli allaqanday noxushlikni sezganday birdan yuragi uvishdi, choy damlab, oila a’zolari jamuljam o‘tirgan ravonga qaytdi. Ostonaga yetganida ichkari xona eshigida kostyumini ko‘rsatkich barmog‘iga ilib osiltirib tutganicha qaqqayib turgan otasini ko‘rdi.

116
Hikoya
Xurshid Do‘stmuhammad

Baxt ham nasiba, u kimlarnidir zor qaqshab izlab yuradi, ro‘parasidan, oyog‘ining ostidan chiqib quchoq ochib kutadi, kimlarnidir esa kalaka qilgandek mudom chetlab o‘tadi. Tog‘asi Komronni yomon izza qildi. – Hayotda noshukrlikdan yomon narsa yo‘q, – dedi u avvaliga muloyimlik bilan, lekin bu muloyimlik-vazminlik portlash arafasidagi sokinlik ekani tog‘aning fe’lini biladiganlar uchun yangilik emas edi.

170
Hikoya
Xurshid Do‘stmuhammad

Yuragimda tinchim yo‘q, Dunyodan ilinjim yo‘q. Xudodan o‘tinchim yo‘q Sizga qolgan kunim bor.

35
She'r
Guljamol Asqarova

Onaizor uzoq yig‘ladi,   Esdan chiqdi hatto kimligi.   Ichi yonar, axir poyida yotar bolasining o‘ligi.

90
She'r
Shavkat Odiljon

Xullas, qishloq buziladigan bo‘ldi. Qo‘rg‘onchada almisoqdan qolgan bir bino bo‘lardi. Biladiganlar guvohlik berishicha, qishloqda yakkaxo‘jaliklar tugatilib, «kolxoz-kolxoz» bo‘layotgan davrlar ulusning yig‘inlari tez-tez shu binoda o‘tkazib turilar ekan...

139
Hikoya
Nurulloh Muhammad Raufxon

«Ho‘, bola boqmay baloga yo‘liqqur! O‘zing tarbiya ko‘rmagansan-da, bolang ham bola emas, balo! Shilpiqliging yetmaganiday, endi bolangga gap o‘rgatadigan bo‘ldingmi?.. Odamlarda insof degan savil qolmadi, onasidan tortib bolasigacha Xudo urgan-a… Ho‘, “ezma” degan tilingga tirsakkina chiqsin! Shoshmay tur hali, shunday adabingni berib qo‘yayki, ena suting og‘zingga kelsin!..»

83
Hikoya
Nurulloh Muhammad Raufxon

Qiyali qishlog‘ida duv-duv gap tarqaldi. Xotin-xalaj birlashib g‘iybatning uyasini kovlashadi. Biri: — Eshitdilaringmi, Aziz fermer bir haftadan beri yo‘q emish, — desa, boshqasi: — Xotinidan biror erga qochib ketgandir-da, — deb xandon otardi. Ba’zilari achingannamo: — Mastura sho‘rlikka ham qiyin bo‘ldi, — derdi.

30
Hikoya
Shavkat Odiljon

Notiq ryumkani olib o’rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o’zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so’z boshladi: - O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: - Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o’z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o’zingizga ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim ko’rmayman. Notiq oila to’g’risida o’z fikrini bayon qilganidan so’ng “Xotin va sotsializm” degan kitobning bir yeridan uch, yana bir yeridan ikki, yana bir yeridan bir yarim sahifa o’qib berdi.

321
Hikoya
Abdulla Qahhor

(Hazil) To‘yimiz ham o‘tdi jonim, Quloq osgin endi menga: Buyurmoqlik bizdan bo‘lsin, Tinglamoqlik bo‘lsin senga.

21
She'r
Amirqul Po'lkan

Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.

16
She'r
Amirqul Po'lkan

Oltin qasr, tosh qasr, O‘tdi yil, o‘tdi asr. Yuragimni qon qilding, Ezilib ketdi bag‘ir. Malika, jon, malika, Qahring yomon, malika. Lablarimga tut og‘u, Qolay omon, malika.

25
She'r
Iqbol Mirzo

O'qidim go'zal hikmat: "Sizning yaxshilaringiz - Ahli ayoli bilan Yaxshi bo'lganlaringiz". So'kinib jaranglatdi, Erim o'z xonasini: -Hoy, ruchkamni kim oldi? He, o'sha, onasini...

228
She'r
Marhabo Karimova

Mani erim yurib ketdi, Yurak-bag’rim kuyib ketdi, O’zim bilsam go’rga edi, Bu ovoza bo’lib ketdi. Kech keladi ishidan ham, Ayrilganday hushidan ham, Yurganini bilsa bo’lar Ko’rayotgan tushidan ham...

280
She'r
Marhabo Karimova

Bir do’konning qarshisida uch-to’rt xotin, Gurunglashib kutar arzon yog’ navbatin.  O’sha yerdan o’tib qoldi bitta erkak, Xuddi shundan boshlanadi bizning ertak. U ayollar ichra biri go’zal edi, O’zi yosh-u, ammo so’zi masal edi.  O’sha erkak qarab sekin o’ng-u chapga, U ayolni quvlik bilan soldi gapga...

93
She'r
Marhabo Karimova

Quyilmadi hech erim, Ichim to'la o'kinish. Ellik yoshdan oshsa ham, Araq, ishrat, so'kinish. Shunday bezor bo'ldimki, Zirillardim kelsa ham. Xafa bo'lmasdim, agar Javobimni bersa ham...

155
She'r
Marhabo Karimova

Er dedi, xotiniga Gazeta o‘qib turib: -Arab bo'lib qolmapmiz, Yaxshiyam xudo urib. Qara,bu vahshiylarni, Shunaqayam bo‘larkan. Qiz tug‘ilsa chaqaloq, Yerni kovlab ko‘markan...

165
She'r
Marhabo Karimova

Kampir tong qorong‘isida xamir qilgani turib ho‘kizidan xabar oldi. O!.. Ho‘kiz yo‘q, og‘il ko‘cha tomondan teshilgan... Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. Bir qop somon, o‘n-o‘n beshta xoda, bir arava qamish—uy, ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi. Odamlar dod ovoziga o‘rganib qolgan: birovni eri uradi, birovning uyi xatga tushadi...

283
Realistik hikoya
Abdulla Qahhor

Falak qulog’imga gapirdi sekin, Qazo hukmin mendan ko’rasan, lekin – Aylanishim bo’lsa edi qo’limda, O’zimni to’xtatib, olar edim tin.

65
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Misoli bir oltin ko’za bu dunyo, Suvi goho shirin, achchiqdir goho. Shuncha umrim bor deb kerilma aslo, Egarloqdir ajal oti doimo.

56
Taronai ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov