Sahifa yuklanmoqda . . .

Tig' - Asarlar

Tig' - Asarlar - tig' so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Bir qiz yig'lar buloq boshida,  Ma'yus majnuntollar qoshida,  Ko'ngil ohi ko'zin yoshida:  Bevafo ko'p ekan dunyoda... Nigohida oftoblari bor,  Nolishlarin javoblari bor,  So'ngan sevgi azoblari bor,  Bevafo ko'p ekan dunyoda...

122
She'r
Muhammad Yusuf

Yashaysan  oshkora, yashaysan pinhon,  Qaysidir burchida ona zaminning.  Yuragim siqildi ho‘rsinishingdan,  Uzoqdagi odam – yaqinim mening.   Ko‘kka uchayotgan, gumburlayotgan  Radiaktiv qushlarning xavfi ostida.  O‘rmonlari yonib, suvlari qurib,  Keksayib boryotgan yerning ustida.  Asriy muzliklarning keng yelkasiga Oftob tig‘larini qattiqroq sanchib...

23
She'r
Oygul Asilbek qizi

Alla o’zi aslida bolani uxlatish uchun aytiladigan onalar qo’shig’i. Unda ona qalbining nolalari aks etadi. Bolaning murg’ak qalbida mehr-muhabbat hislari alla orqali yuksaladi. Biroq ushbu she’rda lirik qahramon o’z bolasiga uxlatuvchi emas, uyg’otuvchi alla aytishni orzu qiladi. Nima uchun? Buni she’rni o’qigach bilib olishingiz mumkin.

46
She'r
Guljamol Asqarova

Bu she'rda g'oyat murakkab ijtimoiy-ruhiy manzara mahorat bilan aks ettirilgan. Toqatning haddan ortiqligi, andishaning keragidan mo‘lligi vatanni o‘limga, xalqni yo'qlik ostonasiga olib kelganligi she’rda o‘ta darajada ta’sirli ifoda etiladi. O‘zgalarni ayab, o‘zini o‘ylamaydigan, tarqoq xalqqa qarata she’rda: «Vahki, otangni ot, onangni o‘ldir... Bo‘g‘izla tole'siz bolalaringni» tarzida iddao qilinadi. Bu shoir isyoni, noroziligining avj nuqtasidir. She’rning har bir bandida takrorlanib keladigan «Assalomu alaykum, dorning og‘ochi» satri dor yoqasiga keltirib qo‘yilgan xalqqa uyg‘oq va erkin ruhning chaqirig‘ini ifoda etgan.

116
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Uvaysiyga qadar sevish va u haqda yozish ham asosan erkaklarga xos sifatlar deb qaralgandi. Uvaysiy ayolning gulday nozik qalbi tebranishlarini o’zbek adabiyotiga olib kirgan ijodkorlardandir. Ushbu g'azal ham ayol muhabbatining ifodasidir.

626
Yakpora g'azal
Jahon Otin Uvaysiy

Mazkur asar hazrat Navoiy g'azaliga bitilgan muxammasdir. Munis hazrat Navoiyni o'ziga ulug' ustoz deb bilgan va butun hayoti davomida qalbida hazrat siymosiga chuqur hurmat va ehtirom saqlagan. Kimsan Navoiy asariga taxmis bog'lash ijodkordan anchayin katta iste'dod va mahoratga ega bo'lishni talab etadi. Munis mazkur muxammasni bitishi orqali o'z iste'dodining ko'lamini namoyish etdi.

50
Taxmis muxammas
Shermuhammad Munis

Ushbu g'azal hazrat Navoiyning she’rxon tuyg’ularini titroqqa solib, uning tafakkur tarziga o’zgarishlar kiritadigan she’rlaridan biri bo'lib, u ishqiy-tasavvufiy mavzuda. Lekin g'azal faqat shu doirada cheklanib qolmagan. Odatdagidek, unda ham ko’pdan-ko’p hayotiy muammolar, hissiy lavhalar, dunyoviy manzaralar, axloqiy solishtirish va xulosalar aks etgan. Shoir xilma-xil vositalarni ishga solib, o’zining ishqdan mahzun holini sharhlaydi.

885
Parokanda g'azal
Alisher Navoiy

Mazkur g'azal o'zining jozibadorligi va ohangdorligi bilan Gadoiy adabiy merosida alohida ajralib turadi. Unda oshiqning xokisor holati shunchalar samimiy va dilga yaqin tasvirlanadiki, o'quvchi beixtiyor bu tasvirning asiriga aylanadi. G'azal bugungi kunda ham xonandalarimiz tomonidan sevib ijro etib kelinmoqda.

64
Yakpora g'azal
Gadoiy

Ushbu g'azal yor tasviriga bag'ishlangan g'azallar sirasiga kirib, u Atoyi ijodida alohida o'rin tutadi. She'rda ma'shuqaning go'zal husn-u latofati shu qadar tiniq va jozibador aks ettiriladiki, o'quvchi beixtiyor asarning sohir olamiga kirib boradi.

194
Yakpora g'azal
Atoyi