Sahifa yuklanmoqda . . .

Pismiq - Asarlar

Pismiq - Asarlar - pismiq so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Salom bering va lekin Yaqiniga bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Erkaksifat xotinlar, Xotinsifat erkaklar. Xabari yo‘q o‘zidan, Ko‘ringanni ermaklar. To‘qiyvering gap-to‘rlar, O‘zingizdan ortmanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! Pismiqlar, muloyimlar, Ay, siz irkit jo‘jalar, Ay, bekorchioyimlar, Ay, bekorchixo‘jalar! Menga qolsa barini Birma-bir bosar edim. Kattaroq bir asbobga Tilidan osar edim. Zamon ko‘tarmas lekin Mayli, yaqin bormanglar. Assalomu alaykum, G‘iybatchilar, xormanglar! 2005

140
She'r
Iqbol Mirzo