Sahifa yuklanmoqda . . .

Og'ir - Asarlar

Og'ir - Asarlar - og'ir so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Go‘ro‘g‘lidan aytgin! Har bir so‘zing o‘ng. Shoir, men — vujudman. Sen — tirik yurak. Mendan uyalmagin. Men kirgandan so‘ng Zax yerning osti ham — osmondan yuksak.

148
She'r
Usmon Azim

Ayol baxt nimada? Zeb-u ziynatdami? Shon-u shuhratda? Yuksak unvondami? Olqishlardami? Yo’q! Ayol baxti o’z sevgan yorining mehrini his qilmoqlikdadir. Ko’pincha erkak zoti ayolimga hamma narsani muhayyo qilib bersam ham, nega ko’ngli to’lmaydi, unga nima yetishmaydi o’zi, deb xunob bo’lib yuradi. Aslida ayolga ko’p narsa kerakmas. Ayollar dilidagi eng aziz tilak: “Menga mehr ko’rgaz, mehribonlik qil”…

338
She'r
Guljamol Asqarova
Guljamol Asqarova

Umr... Avvalboshda hech poyoni yo'qday bo'lib ko'rinuvchi, ammo qancha yurganingni bilmay manzilga eltib qo'yuvchi yo'l... Hayotingdagi kunlaringni bir-bir yo'qlik qa'riga to'kuvchi qumsoat. Avvaliga beparvo qaragan odam qumsoat yarimlar ekan, birdan xushyor tortib, o'tgan umrini sarhisob qila boshlaydi. Shunda o'zi yo'l qo'ygan xatolarni ko'rib, ko'zi yoshga, qalbi g'ashga to'ladi. Ularni tuzatmoq uchun ham yana yashagisi keladi. Ammo nachora: "umrni qumsoat singari to`nkarib bo`lmas"...

277
She'r
Shavkat Rahmon

«Mirrix yulduziga» she’rida Turkiston o‘lkasi XX asr boshlarida tushib qolgan g‘oyat achinarli holat o‘z ifodasini topgan. Jafokash Vatan vujudiga joylashib olib, qonini zulukdayin so‘rgan kimsalar kirdikoridan ozorlangan lirik qahramon xayolan Mirrix yulduziga murojaat etadi. Bu murojaat boshdan-oyoq achchiq savollardan tashkil topgan. Afsuski, «yerimizning eng qadrli tuqg‘ani» — go‘zal Mirrix ham bu holdan lol qotgan...

581
She'r
Abdurauf Fitrat