Sahifa yuklanmoqda . . .

Mung - Asarlar

Mung - Asarlar - mung so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Quyosh bor, biz — g‘olib — kunlar kuldilar, Olamning yarmi biz — tunlar kuldilar. Tunlar tugasin deb men ham yongandim, Qismating — biz deya kullar kuldilar...

27
She'r
Usmon Azim

Turnalar arg‘amchi yasarlar, Mung bilan yo‘g‘rilmish ovozi. Turnalar parvozda o‘sarlar, Bulutdan balanddir parvozi.

24
She'r
Amirqul Po'lkan

Bir sukut yashardi olamda, Mahkam tutib quloqlarini. U asrardi hamma tuyg’udan Nurga tashna qaroqlarini. Eshitmasdi hech bir tovushni, Dunyo go’yo ovozsiz surat. Tashqarida qorni gul bilan Bezar edi o’yinqaroq mart. Shamol tinmay cholg’usidan mung Taratardi telba bog’larga. Sukut hamon begona edi O’zi dalli, ruhi sog’larga...

29
She'r
Saodat Fayziyeva

Qayga ketdi shodumon kunlar — Saratondan qo’l uzdi karam. Har tong mening hasratim yegan Qushlarimni topolmayapman. Bir g’aliz his kezar bog’larda, Har yaproqda etak-etak g’am. Majnuntolim, tokay soch yoyib Bevafoga tutasan motam?! Xazon-dardning mungli ko’zyoshi, Kuz kelmasdan sarg’aydi olam. Qanday bag’ri qattiq odamsiz, Yig’latdingiz daraxtlarni ham…

18
She'r
Saodat Fayziyeva

Ushbu she'rda shoir ijodkorning ijtimoiy vazifasi, mas’ulligi haqidagi o‘y-xayollarini aks ettiradi. Chin she’r hayajon demakdir. O‘zgani hayajonga solgan, ruhiy muvozanatdan chiqargan shoirgina haqiqiy ijodkordir. Chunki u hayajondan yaraladi va hayajon yaratadi. Chin shoirning so‘zlari qalbiga doir, ammo uning hayoti o‘ziga doir emas. Uning omonatgina joni vataniga tikilgan. Unga iste’dod shuning uchun berilgan. Toki dunyoda zulm bor ekan, toki hayotda zo‘ravonlik, adolatsizlik mavjud ekan, shoir davr bilan, jamiyat bilan kelishishi, qarsakboz bo‘lishi mumkin emas...

56
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Ushbu she'rni shoirning o'z hayoti - yoshlik umri haqida bitgan o'ziga xos iqrornomasi deyish mumkin. Unda shoir yoshligi qanday o'tgani haqidagi xotiralarini bayon etadi.

357
She'r
Usmon Nosir