Sahifa yuklanmoqda . . .

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy Asarlari

Muhammad Aminxo'ja Muqimiy Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Ma’shuqaning e’tiborsizligi, noz-u adolari sabab hijron azobidan aftoda holga kelgan oshiqning chegara bilmas iztiroblari, nolalari o‘ta ta’sirchan aks ettirilgan bu she’rning oltinchi baytida nafaqat shu g‘azalning, balki shoir ijodining mohiyati aks etadigan fikr aytiladi…

512
Yakpora g'azal
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Mazkur g‘azalda jafokash yordan shikoyat, u bergan azoblardan zorlanish g‘oyat o‘ynoqi yo‘sinda ifodalanadi. Aks ettirilayotgan hayotiy holat, ruhiy vaziyatning zalvori bilan ifoda tarzining yengilligi o‘rtasidagi ziddiyat she’rning ta’sir kuchini oshiradi.

472
Yakpora g'azal
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

«Tanobchilar» satirasi amaldorlar zulmiga yo‘liqqan dehqonning arz-dodi bilan boshlanadi. Asarda kambag‘al chorakor dehqon mehnatini suiiste’mol qilgan, ularni aldab katta zararga tushirgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etiladi.

855
Masnaviy
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy

Navbahor-erta ko‘klam, borliqning endigina uyg‘ona boshlagan payti. Tabiatning shu palladagi ko‘rinishi shoirni hayajonga soladi, u poetik so‘z yordamida ko‘klamning tarovatli manzarasini chizadi. Lekin shoir uchun atrof go‘zalligining o‘zi kifoya emas. U shunday damlarda yaqin kishilar bilan bo‘lgisi keladi…

819
Parokanda g'azal
Muhammad Aminxo'ja Muqimiy