Sahifa yuklanmoqda . . .

Mahram - Asarlar

Mahram - Asarlar - mahram so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Boburni burun mahrami asror etting, Vaslingga berib yo‘l, o‘zungga yor etting. Oxir bording, dog'i oni zor etting, Hijron alami birla giriftor etting.

1790
Taronai ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur

Hajri aro orom-u qarorim yo‘qtur, Vasliga yetarga ixtiyorim yo‘qtur. Kimga ochayin rozki, yo‘q mahrami roz, G'am kimga deyinki, g'amgusorim yo‘qtur.

1211
Xos ruboiy
Zahiriddin Muhammad Bobur

Do‘stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz, Boshingizg'a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz. Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz, O‘zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.

317
Yakpora g'azal
Alisher Navoiy

Ishqi ilohiy, shoir Mashrab o'zi iqror bo'lganidek, unga dunyoga kelgan kunidan beri hamroh edi. Bu ilohiy tuyg'u bilan u dunyo kezdi, sarsonlik va malomat o'qlariga nishonlik azobini totdi va hatto dor ostiga bordi. Ammo buning uchun dilida zarra qadar o'kinch va pushaymonlik tuymadi, aksincha, uning dard-u fikri faqat Yor vasliga yetmoq bo'ldi. Ushbu muxammas ham shoirning o'z sevganiga murojaati - munojotidir.

88
Mustaqil muxammas
Boborahim Mashrab

Bobur -hamma mutafakkirlar singari olam, odam va ularning sirlari haqida ko’p o’ylaydigan kishi. O’zi komillik yo’liga tushgan bir solik sifatida o’zgalardan ham yuksak ma’naviy sifatlarga egalik, baland odamgarchilik kutadi. Ammo hayotning o’yinlari ham shundaki, kutilgan ezgu mo’ljallarga kamdan-kam hollardagina erishiladi. Bu hol ta’sirchan, shoirona qalbdan ushbu norozilik otilib chiqishiga sabab bo’ladi...

18205
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur