Sahifa yuklanmoqda . . .

Mahmud Toir Asarlari

Mahmud Toir Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Achinsa alam qilsin, Jahlin jindek kam qilsin, Qalampirni qoshiga Bilmasdan qalam qilsin.   Qabog‘iga hushim yo‘q, Bahor keldi, qishim yo‘q, Ko‘ngil otlig‘ qafasdan Qo‘yvorguvchi qushim yo‘q...

56
She'r
Mahmud Toir

Toshdan malham topgan bormikin, Tosh ham mehrimizga zormikin, Boshimizga yoqqan qormikin, Tosh bo‘lsang ham bosh ko‘tar, aytgin, Umr buncha  tez o‘tar, aytgin.   Tundan yog‘du so‘rab bo‘lurmi, Guldan og‘u so‘rab bo‘lurmi, ...

46
She'r
Mahmud Toir

Ko‘z tegmasin deya ko‘zmunchoq taqqan, Tumorlar ichinda so‘z munchoq taqqan, Inja tabassuming jonimni yoqqan, Baxtim bog‘idagi gulim, bolajon, Taxtim tog‘idagi nurim, bolajon.   Ostonam egasi, beshikda boyim,...

37
She'r
Mahmud Toir

Bu sanam sarposini samodan olganmikin, Oy nurin ro‘mol qilib boshiga solganmikin, Husnining hikoyatin aytganlar tolganmikin, Oshiqlar ichra biz ham bo‘ylashib ko‘rsak qani, Bir bulbul dilin ochsa,...

39
She'r
Mahmud Toir

Oqil odam ajdodin yodin sira unutmas, Avlodini o‘ylagan beshiklarin bo‘sh tutmas. Eshik ochib baxtini, ayting, axir kim kutmas, O‘ylamangki olamga baxshilikka kelganman, Niyatlarim avvali yaxshilikka kelganman...

56
She'r
Mahmud Toir

Yuragimdan sitamlarni sitib oldim, Men ko‘nglimni osmonlardan tutib oldim, Qayg‘ularning qafaslarin parchaladik, Men baxtimni ostonada kutib oldim. Sochqi sochdim muhabbatning diydoriga, Yuzim bosdim sadoqatning ruxsoriga,...

38
She'r
Mahmud Toir

To‘kilgan qum sig‘magaydir sanoqqa, Kim havas qilibdi bukri o‘roqqa, Talpinmagan bormi tunda chiroqqa, Har neki yaraldi, avvali bordir, O‘rnini bilmagan to‘rda ham xordir. Kim agar bo‘libdi hikmat egasi, ...

43
She'r
Mahmud Toir

Odamning yaxshisi sodda bo‘ladi, Yaxshilar el ichra yodda bo‘ladi. Yolg‘onini yuz yil yo‘rgaklagan ham Oqibat bir kuni dodda bo‘ladi. Sodda haqiqat bu, sodda haqiqat, Biz ketsak ham qolar yodda haqiqat...

38
She'r
Mahmud Toir

Sen ko‘ngil gulini arzonga sotma, G‘aflat beshigida bek bo‘lib yotma. Ortingdan tosh otsa qoqilmagaysan, O‘zing yo‘ldan chiqqan tosh bo‘lib yotma...

47
She'r
Mahmud Toir

Quyosh qo‘rg‘onida qo‘nim topgim bor, Shamol shiyponida tinim topgim bor, Oyning o‘rog‘idan bitta o‘pgim bor, Ko‘ngil-da, ko‘chasi keng ekan, netay, Ayo do‘st, xushlikda ko‘nglingdan o‘tay. Tortilgan dorlarga xiyonat ustun, ...

43
She'r
Mahmud Toir

Qaro tunda men yog‘duni oydan olay, Dil og‘risa oromni ayt, qaydan olay, Qay bir g‘anim ko‘ngliga vax, ko‘zgu solay, Yonib turgan ko‘zlarda kul qo‘rib bo‘lmas, Kulib turgan yuzlarga ham urib bo‘lmas...

47
She'r
Mahmud Toir

Osmoningdan tush avval, Yolg‘oningdan tush avval. Agar bug‘doy bo‘lsang sen, Somoningdan tush avval. Ko‘ngil degan keng bo‘lsin, Gulga bulbul teng bo‘lsin...

41
She'r
Mahmud Toir

Ertaklar ermak emas, Ezgulikka tilmochdir. Xush nafas tilaklardan Gullab ketgan yog‘ochdir. Ertaklar ermak emas, ...

51
She'r
Mahmud Toir

Men toshlarning tiliman,  Men ko‘ngilni guliman,  Bu dunyoning giliman,  Mendan meni so‘rama. Tillosi yo‘q boy nadur,  Egilmasa yoy nadur,  Suv oqmasa soy ...

65
She'r
Mahmud Toir

Azizim, bafimni tig‘laydi sog‘inch,  Men kimga to‘kilay limmo-lim to‘lsam.  Jonimda charx urar ushalmas ilinj,  Sizga baribirmi, yig‘lasam, kulsam. Hovuchim hapqirar quvonch yosh to‘ksa...

56
She'r
Mahmud Toir

Sen yo‘limni to‘sma, ey g‘anim,  Yantoq bo‘lib o‘sma, ey g‘anim,  Sokin daryo bu ko‘nglim manim,  Ishqim gulxan yoqaveradi,  Oqqan daryo oqaveradi. Men qoqilsam yer ko‘targaydir,  Erka bo‘lsam el ko‘targaydir,  Ojiz avval qo‘l ko‘targaydir...

49
She'r
Mahmud Toir

Meni osmonlarga olib chiqmangiz,  Quruq nog‘orani chalib chiqmangiz.  Mening ko‘nglim yerda, tovonim yerda,  Osmondan uyalib qolmayin yana...

44
She'r
Mahmud Toir

Qirlarida qirg‘iysin qanoti qayrilmagan,  Ovchisi imoniyu, oridan ayrilmagan,  Suvga cho‘p tashlash bunda qushga ham buyurilmagan,  Vatan ichra bu chaman Vatanning parchasidir,  Chotqol tog‘ tizmalari quyoshning darchasidir...

54
She'r
Mahmud Toir

Jismimda jon borligin dardim aytar, Yaratgan der: "Haq so'zni mardim aytar", Kimligimni el ichra qadrim aytar, Har bandaning qanoti qayrilmasin, Umrin bersin, baxtidan ayrilmasin. Yomg'iri yo'q bulutni bulut demang, Qanot kergan quzg'unni burgut demang, Ko'ngil ko'rki - ishq dardin unut demang, Oshiq bo'lsa, ohidan ayrilmasin, Osmon bo'lsa, mohidan ayrilmasin...

156
She'r
Mahmud Toir
Iskandar Hamroqulov