Sahifa yuklanmoqda . . .

G’uncha - Asarlar

G’uncha - Asarlar - g’uncha so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur, Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur. Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam, Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur. Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning, Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur. Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor, Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur. Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur, Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.

2942
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Gul jamolin yopqon ul gulning iki rayhonidur, G'uncha sirin ochqon ul ikki labi xandonidur. Ul musalsal ikki zulfi gul yuzining davrida, Gul uza og'nar, magar, ul ikkining davronidur. O‘qi zaxmini ko‘rub har yon tanimda el degay, Kim, bu ko‘hi dardning ul lolayi No‘monidur. Sel emasdur yer yuzin tutqon — ko‘zumning yoshidur! Ra’d emasdur ko‘kka chirmashqon — ko‘ngul afg'onidur! Lojaram bo‘lg'ay parishon-u havoyi men kibi, Zarra yanglig‘ kimki bir xushred sargardonidur. Ul pari ishqida, Bobur, ko‘nglum andoq telbadur. Kim, sochi zanjiridur chohi zaqan zindonidur.

807
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Mehr ko‘p ko‘rguzdum, ammo mehribone topmadim, Jon base qildim fido, oromi jone topmadim. G‘am bila jonimg'a yettim, g'amgusore ko‘rmadim, Hajr ila dilxasta bo‘ldum, dilsitone topmadim.

13579
Yakpora g'azal
Alisher Navoiy