Sahifa yuklanmoqda . . .

G’animat - Asarlar

G’animat - Asarlar - g’animat so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

G'ofil o‘lma ey soqiy, gul chog'in g'animat tut! Vaqti aysh erur boqiy ol chag'ir, ketur, bot tut! Bu nasihatim ongla, ne bilur kishi yongla, Ne bo‘lur ekin tongla, sen bu kun g'animat tut! G‘ofil o‘lma davlatda o’zni solma mehnatda, Tangri berur albatta, davlat ista, himmat tut! Xush turur visoli yor, anda bo‘masa dayyor, Bo‘sa, vasl beag'yor davlat-u saodat tut! G'am cheriki behaddur, chorasi budur, Bobur, Bodani ko‘mak keltur, jomni himoyat tut!

464
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur