Sahifa yuklanmoqda . . .

Fikr - Asarlar

Fikr - Asarlar - fikr so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

«Ho‘, bola boqmay baloga yo‘liqqur! O‘zing tarbiya ko‘rmagansan-da, bolang ham bola emas, balo! Shilpiqliging yetmaganiday, endi bolangga gap o‘rgatadigan bo‘ldingmi?.. Odamlarda insof degan savil qolmadi, onasidan tortib bolasigacha Xudo urgan-a… Ho‘, “ezma” degan tilingga tirsakkina chiqsin! Shoshmay tur hali, shunday adabingni berib qo‘yayki, ena suting og‘zingga kelsin!..»

83
Hikoya
Nurulloh Muhammad Raufxon

Notiq ryumkani olib o’rnidan turdi. Qoshlari chimirildi, rangi bir oz o’zgardi, avval ryumkaga, keyin uyining burchagiga qarab so’z boshladi: - O’rtoq rafiqam! Ijozat berasiz, xushchaqchaq hayotimizni sharaf bilan davom ettirib, oilaviy burchimizni namunalik bajarib kelayotganimizga bir yil to’lgan kunda sizni bevosita tabrik qilishga! Xotin bu muqaddimani hazil gumon qilganligi uchun qiyqirib chapak chaldi. Notiq yana ham jiddiyroq qiyofada davom etdi: - Bundan 365 kun muqaddam siz bilan biz o’z hayotimizda qat’iy burilish yasab, zo’r sinovlar sharoitiga bevosita qadam qo’ydik. Ilgarigi vaqtda faqat erkak, endilikda esa ham erkak, ham xotin boshchilik qiladigan oila masalasi o’zingizga ma’lum bo’lganligi uchun bunga keng ravishda to’xtab o’tirishni lozim ko’rmayman. Notiq oila to’g’risida o’z fikrini bayon qilganidan so’ng “Xotin va sotsializm” degan kitobning bir yeridan uch, yana bir yeridan ikki, yana bir yeridan bir yarim sahifa o’qib berdi.

319
Hikoya
Abdulla Qahhor

Pensiyaga chiqqanimga endi sakkiz oy bo’lgan, hali pensiyaxo’rlikka o’rganganim yo’q, zerikkanimdan kampirimning ishlariga aralashaverib uni ham, o’zimni ham xunob qilib yurgan edim, jiyanimning iltimosiga darrov ko’ndim. Men o’n bir yil shu idorada kichik bir lavozimda turib, pensiyaga shu yerdan chiqqanman. Shu o’n bir yil davomida qulog’imga kirgan kalimalar o’rnashib, undan bir so’z, bundan bir so’z cho’qib, tilga havas paydo qilganimda esa idora xizmatchilarining yordami bilan kitob tatalab ingliz tilini uncha-muncha bilib oldim. Ingliz tiliga moyil bo’lganim, albatta, tasodifiy emas, bolaligimda Amerikaning ta’rifini ko’p eshitganman: ana osmonteshar imoratlaru, ana osma ko’chalaru…

304
Hikoya
Abdulla Qahhor

Qaydan kelding, fikrimni bo‘lding, Nega etding meni parishon? Nega buzding munis holimni, O’ylarimni nechun bemakon? Ehtiroslar, hislar, yonishlar O’lkasini kezardi xayol,

216
She'r
Hamid Olimjon

Tiriklikdan nima g’aming bor, ey yor? Behuda fikrdan dil-jonda ozor, Quvnoq yashagil-u umring shod o’tkaz, Taqdir qo’lingdamas, nima chorang bor?

24
Xos ruboiy
Umar Xayyom
Behzod Muhammadkarimov

Ushbu she'r hazilomuz ruhda bo'lib, unda shahardan o'ziga qo'nim topgan qishloqlik shoir yigitning kechinmalari nozik yumor bilan ifodalangan. May oxirlab, o'rim davri boshlansa-da, lirik qahramon qishloqqa qaytmay, shahardan turib, dehqon sha'nini olqishlovchi she'rlar bitishni afzal ko'radi. Ammo uning qalbi shunchalar sodda va beg'uborki, u o'z qilmishidan o'zi uyaladi, ko'chadagi har bir yo'lovchi unga ta'nali nigoh bilan boqayotganday tuyuladi...

31
She'r
Nodir Jonuzoq

Ushbu she'rda shoir ijodkorning ijtimoiy vazifasi, mas’ulligi haqidagi o‘y-xayollarini aks ettiradi. Chin she’r hayajon demakdir. O‘zgani hayajonga solgan, ruhiy muvozanatdan chiqargan shoirgina haqiqiy ijodkordir. Chunki u hayajondan yaraladi va hayajon yaratadi. Chin shoirning so‘zlari qalbiga doir, ammo uning hayoti o‘ziga doir emas. Uning omonatgina joni vataniga tikilgan. Unga iste’dod shuning uchun berilgan. Toki dunyoda zulm bor ekan, toki hayotda zo‘ravonlik, adolatsizlik mavjud ekan, shoir davr bilan, jamiyat bilan kelishishi, qarsakboz bo‘lishi mumkin emas...

56
She'r
Rauf Parfi O'zturk

Ushbu she'r shoirning Ka'batullohga qilgan muborak haj safari taassurotlari mahsuli bo'lib, u Yaratganga munojot tarzida bitilgan. Unda muallif Allohdan nafaqat o'zi uchun, balki o'z eli-yurti uchun mag'firat va madad tilaydi. Agar she'rni sinchiklab o'qisangiz, unda shoirning hech kimga aytmagan ichki dardlari ham yashirin ekanini his qilishingiz mumkin.

485
She'r
Abdulla Oripov

Muhabbat! Bahor osmonidagi oppoq bulut yanglig' toza, sof, beg'ubor tuyg'u! Ammo u shu qadar yuksakki, qo'l cho'zib yetolmaysiz, boz ustiga, uni taqdir shamollari qayerga olib ketishi ham noma'lum... Sizga esa undan faqat sargardon qolgan shirin hislar va bezovta xayollar yodgor qoladi. Shu bois inson ko'pincha yoshlikda yo'qotgan qadrdon tuyg'usini butun umr qo'msab, yor ketgan yo'llarni pinhona poylab o'tadi...

161
She'r
Abdulla Oripov

She'rda sokin va go'zal oqshomlarning birida hind diyorida bo'lib o'tgan ajoyib mushoira - shoirlar musobaqasi, ya'ni she'riyat bayrami tasvirlangan. Tadbirning o'ziga xos jihati shunda ediki, u muhtasham zalda emas, balki shundoqqina tabiat qo'ynida - hind xalqi odatiga mos ravishda oddiygina chodirda bo'lib o'tadi. Bir tasavvur qiling-a, bir yoqda oqshom sururi, bir yoqda gullar hidi, bir yoqda salqin shabboda va bir yoqda shoirlar bahsi davom etmoqda...

986
She'r
Zulfiya

Ushbu she'rda shoir o'zini tinchoqar daryoga o'xshatadi. Daryo dolg'asiz bo'ladimi?! Yo'q, bo'lmaydi. Ammo Shavkat Rahmon sharqiroq, yengiltak soy emas, dolg'alarini qa'riga − chuqurliklariga berkitgan bosiq-og'ir, o'ychan daryodir. “Ruhida qadimgi osoyishtalik”ni saqlagan bunday o'ychan daryo bir dolg'alanmasin! Sokinlik bag'ridagi dolg'a agar yuzaga chiqsa, nimalar yuz berishi hayotda ko’p ko’rilgan…

96
She'r
Shavkat Rahmon

Mazkur g'azalda shoir dilbarning afsonaviy tasvirini beradi. Uning olamni gado qilgulik portretini chizadi. Shu asnoda oshiqni unga bog’lab turgan insoniy rishtalarni ham ko’rsatadi. Oshiq javobsiz, umid qilmaydigan muhabbati bilan yorga intiladi. U ma’shuqaga yetishishdan emas, balki intilishning o’zidan masrur...

414
Yakpora g'azal
Muhammad Rizo Ogahiy

«Sog‘indim» radifli g‘azal shoiraning o‘g‘li Muhammadxonning sarbozlikka yuborilishi munosabati bilan farzandidan judo onaning iztiroblari, sog‘inchini aks ettiradi.

2569
Yakpora g'azal
Jahon Otin Uvaysiy

Ota o'z qizi uchun nimalarga tayyor deysiz?! Boz ustiga, onasidan erta yetim qolgan ko'ngli yarim qizining baxti uchun ota eng og'ir mashaqqatlarni-da bo'yniga olishga qodir bo'ladi. Ushbu hikoya qahramoni ham keksayib qolganiga qaramay, qizining kelajagi uchun yozuvchi bo'lishga qaror qiladi va bu yo'lda ko'plab sinovlarni boshdan kechiradi...

45
Realistik hikoya
Robindranat Tagor