Sahifa yuklanmoqda . . .
Bog' - Asarlar - bog' so'zi ishtirok etgan barcha asarlar
Navqiron kuz saltanatida Bir tavakkal fitnadir bu on. Kuz titrandi nogoh taxtida — O, Yer — Ko‘kda oppoq g‘alayon...
Saraton — ochiq yuz, Baxtiyorim ketdi. Qolmadi men bilan Beqarorim ketdi. Ey, barg, sening kabi Men ham sarg‘aydim, Vaqtning qo‘llarida E’tiborim ketdi...
Meni asta-asta xazon aylar dard — Meni yuta boshlar torlik, tanqislik... "Yo‘lim qani?", deyman — ko‘rinadi qalb, "Manzil qayda", deyman — kelar yolg‘izlik.
Yozda yosh to‘kaman hammadan pinhon, "Oh"imga to‘ladi "oh"siz olamlar. Egam, mana bu — Yer, Mana bu — Osmon... Nega faqat o‘zin ko‘rar odamlar?
Yeru ko‘kni ko‘mding ziyoga — Mehru shafqat ko‘rgazding, jabbor. O‘sayotgan har bir gayohda Bandalarga talpinishing bor...
Chegara yo‘q qish bilan kuzda — Tashqarida qaysi fasl, kun? Qish ertachi chiqqanmi ishga— Tong otmadi — uzaydi bu tun...
O‘zni tanish fursati — uzoq, Qanday qiyin yonadi gunoh... Sen o‘zingni taniganing chog‘, Jamolini ko‘rsatar Alloh...
Devorlari yiqilgan bog‘, Barglaridan ayro bog‘, Kuz qo‘ynida yolg‘iz turar — Yaydoq dashtning burjida.
Shamollarda ko‘zimdan Uchgan yoshimsan, yor-a. Ko‘ngil tubiga cho‘kkan Otash toshimsan, yor-a.
Og‘ir ekan, Yomon ekan, Bekor ekan unutmoq... Mening qaqroq cho‘llarimda Omonmisan, unut bog‘?
Goh gujum shovullar, goh shitirlar tok, Bu — bog‘da adashgan parishon shamol. Bormisan olamda, yuribsanmi sog‘, Shamolday yo‘llarni yo‘qotgan ayol.
Nogoh sovuq tushdi, Nogoh qor tushdi — Gullagan boqqami, Nodon yurakka. Yashil saltanatim Tush kabi uchdi, Yashil saltanatim Qotdi ko‘lmakda.
Bog‘lar — aniq. Chizib qo‘yilgan. Har bir butoq — bir o‘ychan tasvir. Go‘yo bunda ming yil kuyingan, Zahmat chekkan Chinlik musavvir.
Sevging yuragimda bir daryo bo‘ldi, Falakdan falakka oqdi betinim. Qaradim: u nogoh qon bilan to‘ldi — Senga nima bo‘ldi, sevgilim?
Nimadandir bo‘lib bezovta, Itlar hurib qoldi nogahon. Kimdir kezar chorbog‘da, ana... Shitir-shitir etmoqda xazon...
Fevralning oxiri. Hali izg‘irin. Hali bosinqirab uxlar bog‘chalar. Yelkalar sog‘ingan bahor yomg‘irin, Xushnud qanot qoqib uchar zog‘chalar.
Shamolning bag‘rida bog‘man — devorim yo‘qqa o‘xshaydir, Dovullar silkitib ko‘rdi — g‘uborim yo‘qqa o‘xshaydir. Bu sahrodir mening qasdimda har dam bostirib kelgon, O‘zimman bir biyobonda — qatorim yo‘qqa o‘xshaydir.
Surat parchasini yerdan ko‘tardim, Bir ko‘z boqar edi menga alamkor. Toshkent bog‘larida xazon tutardi, Daraxtlar ortida kezardi g‘ubor.
Erta-indin yelar izg‘irin, Yiqiladi bog‘larga tuman. Anglagani yashashning sirin So‘zlashaman yomg‘irlar bilan.
Yomg‘ir yog‘ib o‘tadi Tunni oralab sim-sim. Shamollarda seskanib, To‘kilib titranar bog‘.
Bog‘ edi, guliston edi chor-atrof, O‘shanda bor edi ishqning salmog‘i. O‘shanda har so‘zni qilardim tavof, Uncha shartmasmidi sevib qolmog‘im.
Go‘dakligimda dadam hecham ishga bormasa, tongdan tungacha meni «ho‘ppa-ho‘ppa»lab yuqoriga otib ko‘nglimni xushlasa derdim. Oyim nega ishlarkin-a? Aqlimga sig‘dirolmasdim. Keyin bilsam bari men uchun ekan. Mening shodligim, kelajagimga zamin yaratish payida yurisharkan.
Oloviddin istirohat bog‘idan o‘tib borayotgan mahali ulkan eman tagida yotgan eski chiroqni ko‘rib qoldi. Bolakay chiroqni olib, uning naqshlarini tomosha qilgan bo‘ldi. So‘ng, ancha xira tortgan joyini yaxshiroq ko‘rish uchun kaftida artdi.
Shamollar daraxtni bargini uzar, Shamollar qamchilab junjitar tanim. Sarg‘aygan bog‘larda oltin kuz kezar, Kuzning og‘ushida bu kun Vatanim.