Sahifa yuklanmoqda . . .

Ayvon - Asarlar

Ayvon - Asarlar - ayvon so'zi ishtirok etgan barcha asarlar

Baloyi ishqki, har dam manga jafoyedur, Bu ishqdin kecha olmon ajab baloyedur. Xali labig'a tutash bo‘lsa, ey ko‘ngul, ne ajab, Ki Xizr chashmayi hayvong'a rahnamoyedur. Yarar bu xasta ko‘ngul dardig'a o‘qin yarasi, Magarki har yarasi yorning davoyedur. Bahor faslidur-u may havosi boshimda, Ayoq tut menga, soqiyki, xush havoyedur. Ul oy raqibg'a bo‘ldi rafiq-u Boburning, Rafiq-u hamdami hajrinda oh-u voyedur.

442
Yakpora g'azal
Zahiriddin Muhammad Bobur

Lolaqizg'aldoq - eng go'zal va nafis gul. Lolaqizg'aldoq - bag'ri qon ayol. Garchi bu she'r Shavkat Rahmon tilidan uning oila a'zolariga bag'ishlab yozilgan bo'lsa-da, unda Muhammad Yusufning ham o'z qismati ko'rinadi. She'rdagi dard, iztirob yuki shu qadar og'irki, uni o'qigan kitobxon tabiiy ravishda lirik qahramon dardini his qiladi va qalbida unga hamdardlik hissini tuyadi...

696
She'r
Muhammad Yusuf

Tongda bulut ko’zidan Yoshlar oqizdi tim-tim. Shu yomg’irdek tomchilab O’tib bormoqda umrim. Kunlarga tuzoq qo’yib Topolmadim saydimni. Har behuda yumushim Oshkor qilar aybimni. Chechaklarga she’r o’qib, Daraxt sochin taradim. Ko’zingizga so’nggi bor, Ona, qachon qaradim?..

195
She'r
Saodat Fayziyeva

Zulm-keng ma’noli tushuncha. Mustamlakachilik davrida el-yurt boshiga tushgan barcha savdolarni faqat bir so‘z bilan-"zulm" so‘zi bilan ifodalash mumkin. Zulmning turlari va pog‘onalari ko‘p. Agar zolim insofsiz va odamlik siyohidan mahrum bo‘lgan bo‘lsa, uning zulmiga bo‘yin egmaslikning iloji yo‘q. Ammo har qanday zulm jismga egalik qilsa-da, qalb va vijdonga egalik qilolmaydi.

448
She'r
Abdulhamid Cho'lpon

Ko'ngil naqadar nozik va nafis xilqat. Mazkur g'azal yordan ayri ko'ngilning iztiroblari ta'rifiga bag'ishlangan. Ifoda baytma-bayt kuchayib borar ekan, o'quvchi hijron azobining naqadar tubsiz ekanini chuqur his etib boradi va "hajrdin dardi va lekin vasldin darmon yo‘q" oshiqning yurak sirlariga sirdosh tutinadi.

700
Musalsal g'azal
Alisher Navoiy

Ushbu hikoyada bir inson taqdiri misolida hayotning murakkab qiyofasi, inson umrining silsilalari haqqoniy tarzda yoritib berilgan. Asarni o'qir ekansiz, beixtiyor dunyo, hayot, taqdir, umr mazmuni haqida chuqur mushohadalarga borasiz...

868
Falsafiy hikoya
Nazar Eshonqul

Insoniyat tarixida eng dahshatli qirg‘inbarot - Ikkinchi jahon urushi millionlab kishilar yostig‘ini quritishdan tashqari odamlar ongi, ruhiyatida ham yomon o‘zgarishlar yasadi. Ochlik, muhtojlik odamlarni asabiy, bir-biriga g‘anim qilib qo‘ydi, ayrimlarni egri yo‘lga boshladi. «Urushning so‘nggi qurboni» hikoyasi qahramoni Umri xola urush ketayotgan joylardan minglab kilometr uzoqda bo‘lsa-da, halok bo‘ladi. Umri xola o‘limi sabablarini asarni o‘qigach anglab olasiz.

1059
Realistik hikoya
O'tkir Hoshimov