Sahifa yuklanmoqda . . .

Turdi Farog'iy Asarlari

Turdi Farog'iy Asarlari - Sahifamizdan o'zbek va jahon adabiyotining eng sara namunalari o'rin olgan bo'lib, ular sizni tafakkurning cheksiz osmonida parvoz qilmoqqa chorlaydi.

Mazkur muxammasda bir tomondan, shoirning shirin o’tmish xotiralari, ikkinchi tomondan, oyoqosti qilingan izzat-nafs, bir vaqtlar saltanatning yuksak maqomlarida bo’lgan arbobning tuban ijtimoiy mavqega tushib qolganidagi iztirobli o’ylari aks ettirilgan.

310
Mustaqil muxammas
Turdi Farog'iy

Turdining uch baytdangina iborat «Turdiman» radifli g‘azali hasbi hol — o‘z ahvolini bayon etish tarzida yaratilgan. Unda ma’lum darajada shoirning taqdiri, kechmishlari aks etgan deyish mumkin.

845
Yakpora g'azal
Turdi Farog'iy

Ushbu g'azal adabiyotimiz tarixidagi xalqni milliy birlikka chaqirgan, o‘zaro tenglikka da’vat etgan, hududiy yaxlitlikni targ‘ib qilgan siyosiy ruhdagi birinchi she’r sifatida alohida e’tiborga molikdir. Unda shoirning o'tkir kinoyaviy tili va so'z qo'llash mahorati yaqqol ko'zga tashlanadi.

1210
Yakpora g'azal
Turdi Farog'iy

Turdining bor-yo’g’i uch baytdan iborat ixchamgina bu g’azali ishqiy-falsafiy mavzuda bitilgan. G'azal matnini hozirgi tilimizga tabdil qilsak, quyidagi ma'no chiqadi: "Ko’ngil bezagi bo’lgan bu sho’x go’zal shiddatli (turkona) yurish qilib keldi. Yor ko’zining bir cheti bilan ko’ngul mamlakatini talon-taroj etdi, bosib oldi. Tuproqda gul emas, jon unsa ajablanmang, zero, bu shahlo ko’zlar qanchadan-qancha sarvqomat go’zallarni yerga kirgizmadi. Tong yoqasini yirtmaguncha, quyosh paydo bo’lmaganidek, har qayerda ham g’amning do’sti dili g’amdan pora bo’lgan do’stni istaydi".

305
Yakpora g'azal
Turdi Farog'iy