Sahifa yuklanmoqda . . .


"Anor" chistoni

Ul na gumbazdur, eshig-u tuynugidin yo‘q nishon,

Necha gulgunpo‘sh qizlar manzil aylabdur, makon?

Sindirib gumbazni, qizlar holidin olsam xabar,

Yuzlariga parda tortig'liq turarlar bag‘ri qon!  

(Anor)


Ushbu majoziy chistonni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?


Ma'lumot
08-Yanvarda yuklangan

448 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
gumbaz eshik tuynuk gulgunpo'sh qiz manzil makon hol xabar yuz parda bag'ir qon anor
Muallif
Jahon Otin Uvaysiy

Jahon Otin Uvaysiy

(1789/90-1850) Uvaysiy Qo'qon adabiy muhitining iste'dodli namoyandasi bo'lib, u Marg‘ilonning Childuxtaron mahallasida dunyoga kelgan. Uni Hojixon degan kishiga turmushga berishadi, biroq u Quyoshxon ismli qizi va Muhammadxon ismli o‘g‘li bilan juda yosh beva qoladi. Qadrdon bo‘lganligi uchun Nodira uni Qo‘qonga ko‘chirib olib keladi. Uvaysiy taxminan 65 yoshlarida Marg‘ilonda vafot etadi. Uvaysiy g‘azal, muxammas, musaddas, musamman, masnaviy, ruboiy, tuyuq, chiston, qit’a, mustazod kabi janrlarda ijod qilgan.

Batafsil


Yangi Majoziy chistonlar Jahon Otin Uvaysiy Majoziy chistonlari Jahon Otin Uvaysiy asarlari