Sahifa yuklanmoqda . . .


Ammom menga duch keldi faqat

— Yo’q, — dedim, — yo’q,
Chidashim qiyin –
Yerda g’am ko’p, yerda ko’p firoq.
Uchib ketdim osmonga keyin,
Hasratlardan bo’lay deb yiroq.

Uchay, dedim,
Kuch berar, dedim,
Yuragimga samoviy tushlar,
Ammo menga duch keldi faqat
Ko’zi yoshga lim to’la qushlar.

1987

* * *

Ikkinchi jahon urshida bedarak
yo’qolgan Nuriddin tog’amga

…Sovuq shamol meni quvadi
Sokin shahar ko’chalarida,
Qizlar esa meni sevadi
Olis bahor kechalarida.

Sizni suygan u qiz tirikmi,
Qiynaydimi xotira rasmi?
Tunlar uning boshi egikmi,
Nuriddinmi o’g’lining ismi?

1977


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 25-Noyabrda yuklangan

24 marta ko'rildi

0 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Muallif
Xurshid Davron

Xurshid Davron

O‘zbekiston xalq shoiri, iste’dodli shoir va publitsist Xurshid Davronning katta adabiyotga kirib kelishi 1976-yilda ustoz shoir Erkin Vohidovning «oq yo‘l»i bilan boshlangan. Xurshid Davron she’riy tarjima bilan shug‘ullanadi, tarixiy hikoya va qissalar yozish bilan band. Xurshid xoh she’riyatda, xoh nasrda qalam tebratmasin, undagi tarixni chuqur bilish qobiliyati, keng ilmiy tafakkur saxiy nurlarini sochib turadi.

Batafsil


Yangi She'rlar Xurshid Davron She'rlari Xurshid Davron asarlari