Sahifa yuklanmoqda . . .


Alpomish xususida shoir do'stimga maxfiy xat

Arpali cho‘lida Alpomish uxlar.
Uni uyg'otmayman.

Uyg‘onsa, nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?

Ukam kabi Eski Jo‘vada pista sotadimi?
Akamday paxta teradimi ikki ming tonna?

Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?

Imonni sotmoqlikni o‘rganadimi amakimizdan,
Yoki mukofot olmoqliknlng yo‘llarini?

Ammamizning qilmishin ko‘rib,
O‘zini osib qo‘yadi-ku!

Nima ish buyuramiz unga,
Xurshid Davron?

Biz bilan pivo ichishni udda qilarmikin,
Birovning kitobini ko‘chirishni-chi?

Uni uyg‘otmasdan...
O‘ldirib qo‘ysakmikin?

Bizga nima?

Alpomish uchun
Xun olsa,
Otamiz oladi-da...

Ammo, otamiz qanday uyg‘onsin,
Alpomish uxlasa...
 


Online dars - zoom, google meet orqali

Ma'lumot
2017, 12-Aprelda yuklangan

58 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi


Tayanch tushunchalar:
alpomish shoir do'st xat arpa cho'l uyqu ish buyruq xurshid davron uka jo'va pista aka paxta tonna imon amaki amma qilmish pivo kitob o'lim xun ota
Muallif
Usmon Azim

Usmon Azim

O’zbekiston xalq shoiri (2000). ToshDUning jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). Ilk kitobi — «Insonni tushunish» (1979). «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari» (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G’aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G’ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Saylanma» (1995), «Kuz» (2001) kabi she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari nashr etilgan. Dramalar ham yozgan («Bir qadam yo‘l». 1997; «Alpomishning kaytishi», 1998 va boshqa).

Batafsil


Yangi She'rlar Usmon Azim She'rlari Usmon Azim asarlari