Sahifa yuklanmoqda . . .

Akutagava Ryunoske Hayoti va Ijodi

Akutagava Ryunoske

yapon
asar
an'ana
jahon
adabiyot
yangi yo'nalish
usul
ifoda

03 Jan 1893, Tokio shahri da tavallud topgan

45 marta ko'rildi


Akutagava Ryunoske asarlari:

Barcha asarlari

Mistik hikoyalari

Akutagava Ryunoske (1892.1.3 — Tokio — 1927.24.7) — o‘z asarlari bilan yapon adabiyotini jahon miqyosiga chiqishini boshlab bergan adib sifatida tan olinadi. U ijodida g‘arb va yapon adabiyoti an’analarini o‘zaro uyg‘unlashtirib, yapon an’anaviy tasvir va ifoda usulini yangi yo‘nalishga burgan. Inson ongining «jumboq»ligi, oldindan aytib bo‘lmaslik xususiyati ifodalangan hikoyalari — «Rasyomon darvozasi» (1915), «Burun» (1916) unga shuhrat keltiradi. «Kuz» (1920), «Sovuq» (1924) kabi psixologik hikoyalarida esa ijtimoiy yovuzlik dunyosida ezgulikning fojiaviy qismati aks etgan. «Suv alvastilari mamlakatida» (1927) ijtimoiy-fantastik majoziy asardir. Insonning yolg‘izligi, uning vaqt, tarix oldida ojizligi pand-nasihatdan iborat «Telbaning hayoti» (1927) nomli so‘nggi asarining mavzuidir. Yapon madaniyatida beqiyos o‘rin egallagani uchun «Akutagava» milliy mukofoti ta’sis etilgan. 

1892 yilda dunyoga kelgan Ryunoske oilada kenja farzand edi va ota-onasi uni farzandsiz xolasiga berib yuborishadi.

1910 yilda Tokiodagi o’rta maktabni a’loga bitirgan Ryunoske kollejning adabiyot bo’limiga, so’ngra Tokio universitetining ingliz tili bo’limiga kiradi. Yozuvchining ijodi boshlangan davr 1915 yilga to’g’ri keladi, o’shanda u «Rasemon darvozasi» va «Burun» hikoyalarini yozadi.

1916 yilda Akutagava universitetni tamomlaydi va harbiy-dengiz maktabida ingliz tili muallimi sifatida ish boshlaydi. Shu davrda u Yasukiti ismli o’qituvchi timsolida o’zining hayoti tasvirlangan turkum hikoyalar yozadi.

Akutagava 1927 yilda tushkunlikka berilgan holda o’ta ko’p miqdorda dori ichib o’z joniga qasd qiladi. Uning o’limi adabiyot olamida shov-shuvga sabab bo’ladi. U o’limidan ancha ilgari o’z joniga suiqasd qilish haqida ko’p gapirar va yozar, hamma uning bu so’zlariga ko’nikib qolgandi.

Aytishlaricha, o’limidan ilgari 35 yoshli Akutagava shunday degan ekan: «Tabiat menga juda jozibali tuyulyapti, chunki men dunyoga so’nggi marta qarayapman!».

Tafakkur Tafakkur asarlari

Barcha taklif va mulohazalaringizni quyidagi elektron manzilga yuboshiringiz mumkin: