Sahifa yuklanmoqda . . .


Ajrim

Audio bu yerda yuklanmadi, iltimos ushbu aloqani bosing

Dunyoning yarmini sayr etdi oʻgʻlon,
Kelib otasidan soʻradi ajrim:
— Chin doʻst topolmadim nega, otajon?
Ota esa jim.
 

Yana dunyo kezdi charchamay oʻgʻlon,
Yana otasidan soʻradi ajrim:
— Vafo topolmadim nega, otajon?!
Ota hamon jim.
— Nega savolimga bermaysiz javob?!
Oʻgʻlon turar edi nolakor, haqir.
Ota javob qildi uh tortib shu tob:
— Sen ham bor narsani axtar-da axir.


Ushbu she'rni nechta yulduzcha bilan baholaysiz?



Erkinjon
17/04/2017
Ofarin! Joylari jannatda ohiratlari obod bo'lsin.
Ma'lumot
2017, 08-Martda yuklangan

419 marta ko'rildi

1 kishi kutubxonasiga qo'shdi

Abdulla Oripov o'qidi


Tayanch tushunchalar:
ajrim dunyo yarim sayr o'g'lon ota chin do'st jim charchoq vafo sukut savol javob nola haqir uh tob bor narsa
Muallif
Abdulla Oripov

Abdulla Oripov

O’zbek she’riyatining yorqin, betakror siymosi. O’ziga xos uslub, she’riy ovoz sohibi. Lirik qahramoni dunyoning sir-sinoatiga oshufta va undan hikmat izlovchi, komillik va ezgulik tantanasiga jo’shqin qalb shijoati bilan intiluvchi serfazilat inson. Dramatik dostonlari, jahon adabiyoti durdonalaridan qilgan tarjimalari ham mashhur.

Batafsil


Yangi She'rlar Abdulla Oripov She'rlari Abdulla Oripov asarlari